Uncategorized 13:56 | 26.05.2022

Tuxel “Man.Siti” futbolchisi Sterlingni kuzatmoqda

“Chelsi” murabbiyi Tomas Tuxel “Manchester Siti” futbolchisi Rahim Sterlingni kuzatmoqda. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Foto: “Russian.rt.com”

Angliyalik futbolchining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi va futbolchi jamoani o‘zgartirishdan manfaatdor bo‘lishi mumkin.

Londonliklar yarim himoyachi Kristofer Nkunkuni sotib olishni ham o‘ylamoqda, ammo “Leyptsig” etakchisini sotishga ko‘ndirish qiyin bo‘ladi.

Bundan tashqari, “Chelsi” hujumchilar Jonatan Devid (Lill) va Darvin Nunes (Benfika), shuningdek, “Barselona” vingeri Usmon Dembelega qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq “Chelsi”ga transferlar uchun 200 million funt ajratilishi haqida xabar berilgan.