Uncategorized 9:22 | 26.05.2022

“Uxlamaganlarga salom” — Eldor Shomurodov

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov Konferentsiyalar ligasg‘ g‘olibligidan keyin muxlislarga murojaat qildi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida storis qoldirdi.

Foto: “Getty Images”

Eldor Shomurodov finalning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Kris Smolling bilan tushgan suratini joyladi va “Uxlamaganlarga salom”, — deya izoh qoldirdi.

Skrin: Instagram / @Shomurodov.Eldor

Avvalroq finalda kichik hisobda g‘alaba qozongan “Roma” musobaqaning ilk chempioni bo‘lgani haqida xabar berilgan.