Uncategorized 20:02 | 31.05.2022

Rasman: Perishich “Tottenhem”ga erkin agent sifatida o‘tdi

“Inter” futbolchisi Ivan Perishich “Tottenhem”ga erkin agent sifatida o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Tottenhem” jamoasi rasmiy sayti

xorvatiyalik yarim himoyachi London klubi bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U “Inter”ni erkin agent sifatida tark etdi.

Qayd etilishicha, 33 yoshli yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsumda A Seriyada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq “Chelsi” Perishich bilan deyarli kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Ivan Perishich “Inter”ni tark etishi ma'lum qilingan.