Uncategorized 16:59 | 04.06.2022

“Ufa” Oston O‘runovni sotib olmasligi ma'lum bo‘ldi

“Ufa” o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovni sotib olmasligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda ufaliklar rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: “Fcufa.pro”

O‘runov 2020 yilning yozida “Ufa”dan “Spartak”ka ko‘chib o‘tgandi.

“O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovning ‘Ufa’ bilan shartnomasi yakuniga etdi. O‘runov joriy mavsumda jamoamiz safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.

‘Ufa’ futbol klubi Ostonga birgalikdagi harakatlar uchun minnatdorchilik bildiradi va professional faoliyatida muvaffaqiyatli davom etishni tilaydi!”, deyiladi klub bayonotida.

Avvalroq Oston O‘runov “Spartak”ga qarshi o‘yinda jarohat olgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Oston O‘runov “Ufa”ning o‘rtoqlik o‘yinida gol urgani ma'lum qilingan.