Uncategorized 13:57 | 11.06.2022

“Inter” Shkrinyarni “PSJ”ga 50 mln evroga sotmadi

“Inter” himoyachisi Milan Shkrinyarni “PSJ”ga 50 million evroga sotmadi. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, Parij klubi Slovakiya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi uchun 50 million evro taklif qilgan, ammo milanliklar rad javobini bergan.

Qayd etilishicha, “Inter” futbolchi uchun 80 million evro talab qilgan. Ammo “neradzurrilar” Shkrinyarni 70 million evroga ham qo‘yib yuborishi mumkin.

Slovakiyalik futbolchining “Inter” bilan shartnomasi 2023 yilla o‘z yakuniga etadi.

Avvalroq Dibala va “Inter” transfer borasida kelishib olishi haqida xabar berilgan.