Uncategorized 17:48 | 11.06.2022

Manba: “PSJ” Pochettinoga endi u jamoani boshqarmasligini ma'lum qildi

“PSJ” murabbiyi Maurisio Pochettinoga endi u jamoani boshqarmasligini ma'lum qildi. Bu haqda “RMC Sport” xabar berdi.

Foto: “Gazeta.ru”

xabarga ko‘ra, parijliklar rahbariyati murabbiyga u bundan buyon jamoa bilan ishlamasligini ma'lum qildi.

Pochettino 2021 yilning yanvaridan beri “PSJ”ni boshqarib kelmoqda va yozda shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirgandi. Argentinalik murabbiy bu mavsumda klub bilan Frantsiya kubogi g‘olibi bo‘ldi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, liga chempioni bo‘ldi. Chempionlar ligasining 1/8 finalida “PSJ” “Real”ga imkoniyatni boy berdi.

Avvalroq “PSJ” Pochettinoni yana 1 yil jamoada qoldirishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, Ueyn Runi “Manchester Yunayted” murabbiyligi uchun Pochettino nomzodini afzal ko‘rishini aytgandi.