Uncategorized 17:10 | 16.06.2022

“Arsenal” Jezus va Tilemans bilan shartnoma imzolashiga ishonmoqda

“Arsenal” “Manchester Siti” futbolchisi Gabriel Jezus va “Lester” o‘yinchisi Yuri Tilemans bilan shartnoma imzolashiga ishonmoqda. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

London klubining kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshishiga ishonchi ortib bormoqda. Braziliyalik futbolchi “Arsenal”ga o‘tmoqchi. Erling xoland transferidan so‘ng Jezus “Manchester Sitini tark etishga qaror qildi.

“Kanonirlar” futbolchiga 30 million evro taklif qildi. Ammo London klubi ko‘proq pul taklif qilishi kutilmoqda. “Manchester Siti” futbolchi uchun 50 million evro so‘ramoqda.

Bundan tashqari, “Arsenal” “Lester” yarim himoyachisi Yuri Tilemansni klubga o‘tishga ko‘ndira olishiga ishonchi komil.