Bloglar 15:28 | 19.06.2022

xirosima-94’dan qorli o‘yingacha: O‘zbekiston futbolidagi muhim finallar

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 19 iyun kuni Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Bu O‘zbekistonning barcha yoshdagi terma jamoalari tarixidagi 6-final bo‘ladi. “Bugun Sport” O‘zbekiston futboli tarixidagi muhim finallar haqida ma'lumot beradi.

Foto: “Getty Images”

xirosima-94 finali.

Yaponiyaning xirosima shahridagi Osiyo o‘yinlarida mustaqil O‘zbekiston o‘z tarixidagi ilk katta g‘alabasiga erishgan. “Bitta forma bilan borilgan va musobaqa so‘nggigacha shu formada o‘ynalgan”, deya eslanadigan musobaqa finalida O‘zbekiston vakillari xitoyga qarshi maydonga chiqqan.

Birodar Abduraimov shogirdlari 4:2 hisobida g‘alaba qozongan. Finalda gollarni Igor Shkvirin, Sergey Lebedev, Azamat Abduraimov va Shuhrat Maqsudov kiritgan.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, terma jamoalarga yosh cheklovi qo‘yilmagan va hozirgidek 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning qatnashishi bo‘yicha talab yo‘q edi. O‘zbekiston Osiyoning grand jamoalariga qarshi maydonga tushib mardonavor tarzda g‘alaba qozongan.

O‘zbekiston U-19 jamoasining finaldagi mag‘lubiyati.

Saudiya Arabistonida 2008 yili 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tgan. Unda finalga O‘zbekiston va BAA jamoalari etib kelgan. Yakunda Ahmad Ubaydullaev shogirdlari 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Bu avloddan Sherzod Karimov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Sherzod A'zamov, Fozil Musaev kabi futbolchilar etishib chiqqan.

Ushbu musobaqadagi natija bilan Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O‘zbekiston U-19 jamoasi Misrda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘l olgan. Bu O‘zbekiston jamoalari tarixidagi ilk Jahon chempionati bo‘lgan.

O‘zbekiston U-16 jamoasining Toshkentdagi mag‘lubiyati.

2010 yildagi musobaqa va final o‘zbekistonliklar yodida ko‘plab voqealar bilan yodda qolgan. O‘zbekistonda o‘tkazilgan musobaqa finali mezbonlar vakillariga ko‘rsatilgan 2 ta qizil kartochka, muxlislar tomonidan maydonga otilgan toshlar va o‘sha vaqtdagi futbol federatsiyasi rahbari Mirabror Usmonovning hakamga qo‘l uzatmasligi kabi voqealar bilan yodda qolgan.

Foto: You Tube / Musobaqa kashfiyoti Timur Hakimov

Shimoliy Koreya bilan to‘qnash kelgan Aleksey Evstafeev shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Ammo jamoa chorak finaldagi g‘alaba bilan Meksikadagi Jahon chempionatiga yo‘lanmani naqd qilgandi. 2011 yilda Meksika maydonlarida furor ko‘targan va keyinchalik yo‘qolib ketgan jamoani ko‘pchilik eslasa kerak.

Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kuboklarining ilk g‘olibligi.

O‘zbekistondagi musobaqadan 2 yildan keyin 2012 yildagi musobaqa Eronda bo‘lib o‘tgan. Musobaqada O‘zbekiston vakillari haqiqiy qahramonliklar ko‘rsatgan. Guruhda 4 ochko to‘plab, qiyinchilik bilan keyingi bosqichga yo‘l olgan jamoa chorak finalda Koreyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan. Yarim finalda musobaqa mezboni Eron ustidan ham qiyin 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishilgan.

Final o‘yinida Yaponiya penaltilar seriyasida mag‘lub etilgan va O‘zbekistonga kichik yosh toifalari o‘rtasidagi Osiyo kuboklaridagi ilk g‘alabani keltirgan. Shuningdek, jamoa BAAda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘l olgan.

“Qorli uchrashuv”dagi g‘alaba.

O‘zbekistondagi musobaqa boshlanishidan avval 4 yil oldinga xitoydagi musobaqa haqida alohida to‘xtalib o‘tgandik.

Foto: “Getty Images”

2018 yilda xitoyda o‘tkazilgan musobaqa finalida Vetnamga qarshi maydonga tushgan Ravshan xaydarov shogirdlari asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, qo‘shimcha taymlarning 118-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Andrey Sidirovning goli evaziga musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

“Nasaf”ning 2 finali va mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining Jahon chempionligi.

Qarshi shahri jamoasi “Nasaf” o‘z tarixida 2 marta AFC kubogi finaliga etib borgan. 2011 yilda jamoa “Kuvayt SK”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni nishonlagan. Oradan 10 yil o‘tib 2021 yildagi finalda esa “Nasaf” Bahraynning “Al-Muharraq” klubiga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida 2018 yilda o‘tkazilgan Jahon chempionita O‘zbekiston vakillari g‘alaba qozongan. Final uchrashuvida amaldagi chempion Pokistonga qarshi maydonga tushgan jamoa 1:1 hisobida durang qayd etgan va penaltilar seriyasida raqibdan ustun kelgan.

Prevyu.

19 iyun kuni soat 18:00 da O‘zbekiston Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni qatarlik hakamlar boshqarib boradi. Timur Kapadze shogirdlari o‘yinda to‘liq ko‘k rangli libosda harakat qiladi.