Uncategorized 12:39 | 20.06.2022

“Barsa” Levandovski uchun 50 mln evrolik taklif tayyorlamoqda

“Barselona” “Bavariya” futbolchisi Robert Levandovski uchun 50 million evrolik taklif tayyorlamoqda. Bu haqda “Bayern & Germany” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi hujumchi uchun 50 million evroga yangi taklif tayyorlamoqda va bu mablag‘ “Bavariya” futbolchisini sotishga ko‘ndirishiga umid qilmoqda.

Oldinroq “Barselona” Levandovski uchun 32 million evro taklif qilgani ma'lum bo‘lgandi. Ma'lumot uchun, Robertning “Bavariya” bilan shartnomasi muddati 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq Levandovskining agenti mijozi uchun “Bavariya” tarixga aylanganini aytgandi. Shuningdek, Levandovski va “Barselona” 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgani ma'lum qilingan.