Uncategorized 16:10 | 20.06.2022

O‘zbekiston maktablarida dzyudo zallari soni ko‘paytiriladi

O‘zbekistonda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilandi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi axborot xizmati

xabarga ko‘ra, O‘zbekistondagi maktublarda dzyudo bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan sport zallari ko‘paytiriladi. Shuningdek,

  • dzyudoni aholi o‘rtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (selektsiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yiladi;
  • maktabgacha yoshdagi bolalarda dzyudoga qiziqish uyg‘otiladi va jang san'atining ushbu turi bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar shakllantiriladi;
  • dzyudo bo‘yicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantiriladi, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqiladi;
  • dzyudo infratuzilmasini yanada rivojlantiriladi hamda xalqaro talablarga moslashtiriladi;
  • Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari dasturiga dzyudo bosqichma-bosqich kiritiladi, ular tizimidagi ta'lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun ushbu sport turi bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garaklar tashkil qilinadi;
  • ayollar o‘rtasida dzyudoni rivojlantiriladi, bu borada uzoq yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
  • ommaviy axborot vositalarida sog‘lom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida dzyudoni targ‘ib qilish hamda bu jarayonda axborotlashtiriladi va multimedia mahsulotlaridan foydalanish ta'minlanadi.

Qayd etilishicha, 2022–25 yillarda O‘zbekistonda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” xalqaro turniri, Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir, “Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri kubogi”, “Mudofaa vaziri kubogi” vaharbiylar o‘rtasida Jahon chempionati musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda oliy sport mahorati instituti tashkil etilishi haqida xabar berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda 2022 yilda sport sohasiga qancha mablag‘ ajratilishi e'lon qilingan.