Uncategorized 20:43 | 22.06.2022

Harri Maguayr “Manchester Yunayted”da qolishi ma'lum bo‘ldi

“Manchester Yunayted” himoyachisi va sardori Harri Maguayr jamoada qolishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, yangi bosh murabbiy Erik ten xag, agar klub Erik Bayi, Fil Jons yoki Aksel Tuanzebeni sotsa, markaziy himoyachini jamoada saqlab qolish va bu o‘ringa boshqa o‘yinchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Rafael Varan va Viktor Lindelyof ham ten xagning rejalariga kiradi.

Biroq Maguayr “Manchester Yunayted” sardorligidan mahrum qilinishi mumkin. “Mankunianliklar” sobiq ustozi Ralf Rangnik futbolchilar yangi mavsumda sardor bo‘ladigan o‘yinchiga ovoz berishlari kerakligi haqida fikr bildirdi.

Avvalroq Maguayr jamoa kiyim almashtirish xonasida mauammo yo‘qligini aytgandi. Shuningdek, Rangnik Varan va Maguayrning tanqid qilishiniga munosabat bildirgani haqida xabar berilgan.