Futbol 12:10 | 22.06.2022

“Real” Yovichni “Fiorentina”ga ijaraga berishi mumkin

“Real Madrid” hujumchisi Luka Yovichni “Fiorentina”ga ijaraga berishi mumkin. Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, “Fiorentina” klubi hujumchi Luka Yovichni ijaraga olish borasida “Real Madrid” bilan muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etilishicha, Madrid klubi Serbiya terma jamoasi 24 yoshli futbolchisining “Fiorentina”dagi maoshining yarmini to‘lashga tayyor.

Avvalroq “Milan” Yovichga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Luka Yovich hozirda dunyoning eng yaxshi hujumchisi kim ekanini aytgandi.