Uncategorized 17:56 | 23.06.2022

Rasman: Nkunku “Leyptsig” bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi

“Leyptsig” futbolchisi Kristofer Nkunku jamoa bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “ESPN”

xabarga ko‘ra, shartnomada tovon puli 60 million evroni tashkil etadi.

Frantsiyalik futbolchi “Leyptsig”ga 2019 yilda “PSJ”dan kelib qo‘shilgandi. Nkunku nemis klubi safida 134 ta o‘yinda maydonga tushib, 93 ta golga mualliflik qilgan.

2021/22 yilgi mavsumda u jamoa safida 54 ta golda bevosita ishtirok etib, Timo Vernerning rekordini yangiladi. Frantsuz klubning eng yaxshi to‘purari va assistentiga aylandi va Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2022 yilning mart oyida Kristofer Frantsiya terma jamoasida debyut qilgan.

Avvalroq Nkunkuga “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “PSJ” qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan.