Futbol 10:17 | 25.06.2022

“Chelsi” de Ligt uchun 40–45 mln evro to‘lamoqchi

“Chelsi” “Yuventus”himoyachisi Matteys de Ligt uchun 40–45 million evro to‘lamoqchi. Bu haqda Janluki Di Martsio xabar berdi.

Foto: “Sports.ru”

xabarga ko‘ra, London klubi “Yuventus”ga qo‘shimcha tarzda o‘z hujumchisi Timo Vernerni ham taklif qiladi.

Qayd etilishicha, turinliklar bundan yaxshiroq taklifga umid qilmoqda. Shuningdek, “Yuventus” uchun Vernerning maoshi ham muammo bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Verner transferga qarshi emas, “byaneonerilar”ga esa hujumchining sifatlari yoqadi. De Ligt ham “Chelsi”da o‘ynashni xohlaydi.

Avvalroq “Yuventus” de Ligt bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirgani haqida xabar berilgan.