Uncategorized 12:52 | 25.06.2022

Meyvezer va Makgregor o‘rtasida revansh jangi o‘tkazilishi mumkin

Boks bo‘yicha engilmas jangchi Floyd Meyvezer va sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o‘rtasida revansh jangi o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda “FightHype.com” xabar berdi.

Foto: “News.sportbox.ru”

xabarga ko‘ra, bokschi va MMA jangchisining tomonlari revansh bo‘yicha o‘zaro muzokaraga kirishgan.

Makgegor va Meyvezer o‘rtasidagi birinchi boks jangi 2017 yilning yozida bo‘lib o‘tgan, unda Meyvezer 10-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi.

Shundan so‘ng Konor MMAga qaytdi va u erda janglar o‘tkazdi. Meyvezer esa faqat ko‘rgazmali janglarda ishtirok etdi.

Avvalroq Logan Pol Meyvezer bilan yana jang qilishni xohlashini ma'lum qilgandi. Shuningdek, Konor Makgregor qachon oktagonga qaytishi haqida xabar berilgan.