Uncategorized 17:43 | 25.06.2022

O‘zbekistonlik 2 dzyudochi “Katta dubulg‘a” turnirida bronza medalini oldi

O‘zbekistonlik 2 dzyudochi Obid No‘monov va Gulnoza Matniyozova “Katta dubulg‘a” turnirida bronza medalini oldi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Dzyudo federatsiyasi axborot xizmati

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqdam.

Obid No‘monov uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda o‘zbekistonlik Shahram Ahadovga qarshi tatamiga ko‘tarildi. Unda g‘alaba qozongan Obid No‘monov bronza medaliga ega chiqdi.

Shuningdek, Gulnoza Matniyozova qozog‘istonlik Zere Bektashkizini mag‘lubiyatga uchratib, Ulan-Bator “Katta Dubulg‘a” turnirining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Oldinroq Diyora Keldiyorova musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Avvalroq O‘zbekiston maktablarida dzyudo zallari soni ko‘paytirilishi haqida xabar berilgan.