Futbol 13:05 | 26.06.2022

“MYu” de Yong uchun 80 mln evro to‘lashga tayyor

“Manchestet Yunayted” “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong uchun 80 million evro to‘lashga tayyor. Bu haqda “The Times” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

“Manchester Yunayted” de Yong bo‘yicha o‘z taklifini 80 million evroga ko‘tarishga tayyor va “Barselona” bu summaga Frenkini sotishga rozi bo‘lishi mumkin.

Avvaliga “ko‘k-anorranglilar” yarim himoyachi uchun 85 million evro olishni xohlagandi, ammo klub 30 iyun kuniga qadar shartnomani yopishni istamoqda. Chunki shu kuni ispan klublari moliyaviy natijalarni sarhisob qiladi.

Avvalroq Manchester klubi de Yong uchun yangi taklif tayyorlayotgani haqida xabar berilgan.