Uncategorized 11:30 | 28.06.2022

“Bizda standartlar ustida ishlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tizimi mavjud” — Baqoev

OFK kubogi 2-turida “TsSKA” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin “So‘g‘diyona” ustozi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda Jizzax klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “So‘g‘diyona” jamoasi matbuot xizmati

O‘yin haqida.

“Fursatdan foydalanib, butun Tojikiston ahlini birdamlik kuni bilan tabriklayman, tinchlik va xotirjamlik tilayman. O‘yinga kelsak, yaxshi boshladik. Hammasi rejadagidek, stsenariy bo‘yicha amalga oshdi. Gol o‘tkazib yubordik va keyin 2-to‘pni kiritdik. Ikkinchi taymda tezkor gol urgandek ko‘rindik, ammo yana qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yildi va gol bo‘ldi. Ruhiy tomondan barcha futbolchilarga g‘alabaga kerak edi, shu tufayli gol o‘tkazib yuborishdan cho‘chidik hamda bahs oxirlari juda shiddatli o‘tdi. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. Asosiy qadamdan oldin 2-qadamni tashladik”.

“TsSKA”ning qarshiligi haqida.

“Birinchidan, mezbonlarga qarshi o‘ynadik. Albatta, ularda motivatsiya 2 karra ko‘proq edi: o‘z maydoni, o‘z shahri va muxlislari. Har bir futbolchi o‘zini ko‘rsatishga harakat qiladi. 10 kishi qolishgan bo‘lsa ham ikki hissa kuch bilan oxirigacha kurashdi. Shu sababli o‘yin qiyin kechdi. Bu raqib jamoaning qattiq qarshiligi tufayli yuz berdi, chunki ular gol o‘tkazib yuborishdan qo‘rqmadi”.

Raqibning kuchli tomonlari haqida.

“Raqib o‘yiniga to‘xtalsak, ular 10 kishi qolgandan keyin va undan oldin ham himoyaviy ko‘rinishda o‘ynadi. Tezkor qarshi hujumlarga e'tibor qaratdi. Agar sezgan bo‘lsangiz, 2-gol yuzaga kelgan vaziyatda qanotdan to‘p uzatildi, zarba berildi. Asosiysi ikkinchi to‘pni kiritishdi. Tezkor hujumlarni kutgandik. Bizda nimadir o‘xshadi, nimadir esa yo‘q. Umumiy olganda esa g‘oliblikka erishdik. Muvaffaqiyat bilan yigitlar, ishqibozlar va butun O‘zbekistonni qutlamoqchiman”.

Standartlardan urilayotgan gollar haqida.

“Standartlar – futbolning bir qismi. Agar statistikaga qarasak, 60–70 foiz gollar standartlar vaziyatlardan uriladi. Murabbiylarga to‘xtalsak, bu sir emas, bizda standartlar ustida ishlashga qaratilgan mashg‘ulotlar tizimi mavjud. Balki, qo‘shimcha sifatida yigitlarning yakunlash ko‘rsatkichi ham yaxshidir va standartlar yaratilishiga sabab bo‘ladiganlar ham. Mazkur holat shu tufayli bo‘lsa kerak”.

Avvalroq gollarga boy o‘tgan o‘yinda “So‘g‘diyona” Tojikistonning “TsSKA”sini mag‘lub etgani haqida xabar berilgan.