Uncategorized 13:37 | 28.06.2022

“Chelsi” va “Bavariya” Dembelega “Barsa”dan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyor

“Chelsi” va “Bavariya” Usmon Dembelega “Barselona”dan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyor ekani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Onze” xabar berdi.

Foto: “Sports.ru”

xabarga ko‘ra, “Chelsi” va “Bavariya” 25 yoshli futbolchiga “Barselona”dan ko‘ra yaxshiroq shartnomalar taklif qilmoqda, ammo ularning takliflari hali ham Dembele olmoqchi bo‘lgan summadan kam.

Qayd etilishicha, frantsiyalik futbolchi Kataloniya klubida qolmoqchi.

Dembele o‘tgan mavsumda “Barselona” safida 32 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 13 ta golga assistentlik qilgan.

Avvalroq “Barselona” Dembelega yangi taklif bilan chiqqani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Dembelening agenti va “Barselona” rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingan.