Futbol 0:02 | 28.06.2022

OFK kubogi. Gollarga boy o‘tgan o‘yinda “So‘g‘diyona” Tojikistonning “TsSKA”sini mag‘lub etdi

OFK kubogi “E” guruhidan o‘rin olgan “TsSKA” va “So‘g‘diyona” o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Uchrashuvda “So‘g‘diyona” 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda Shoxruz Norxonov dublga erishgan bo‘lsa, Jasur Hasanov 1 ta gol urdi.

Guruhdagi 2-o‘yinda “Oltin Asr” “Neftchi” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

“So‘g‘diyona” 2 turdan so‘ng 6 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq jamoalar o‘yinni qanday tarkiblarda boshlashi haqida xabar berilgan.