Yangiliklar 17:06 | 28.06.2022

O‘zbekiston U-20 futzal TJ Toshkentda yig‘in boshladi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Facebook/Futbolnoma

xabarga ko‘ra, mashg‘ulotlar “Bunyodkor” yopiq sport kompleksida bo‘lib o‘tmoqda. Bosh murabbiy Nodir Eliboyev bu galgi yig‘inga 20 nafar futzalchilarni jalb etdi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Ma'lumot uchun, mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari 2 iyulga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Avvalroq futzal bo‘yicha Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlangani haqida xabar berilgan. Shuningdek ,O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Eronga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgani ma'lum qilingan.