Futbol 17:52 | 28.06.2022

Pochettino “PSJ”dan 2 mln evro bonus puli talab qilmoqda

“PSJ” murabbiyi Muarisio Pochettino jamoadan 2 million evro bonus puli talab qilmoqda. Bu haqda “GFFN” xabar berdi.

Foto: “Gazeta.ru”

xabarga ko‘ra, murabbiyga 10 iyun kuni “PSJ”dan haydalishi haqida ma'lum qilingan.

Klub va Pochettinoning huquqshunosi shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. “PSJ” argentinalik murabbiy va uning to‘rt nafar yordamchisiga shartnoma bo‘yicha qolgan yil uchun deyarli butun maoshini to‘lashga tayyor. Biroq parijliklar Maurisio va uning xodimlariga klubda qolganlarida oladigan 2 million evro miqdoridagi bonusni to‘lashdan bosh tortmoqda.

Shuningdek, Pochettino va uning xodimlari ishdan bo‘shatilgani uchun 15 million evro jarima puli oladi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Avvalroq “PSJ” Galte uchun 10 millionn evro kompensatsiya to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, “PSJ” Pochettinoga endi u jamoani boshqarmasligini ma'lum qilgandi.