Futbol 14:51 | 29.06.2022

“Barsa” Levandovski uchun “Bavariya”ga 3-taklifni yubordi

“Barselona” “Bavariya” futbolchisi Robert Levandovski uchun nemis klubiga 3-taklifni yubordi. Bu haqda “Bayern & Germany” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, Kataloniya klubi 33 yoshli hujumchi uchun 40+5 million evro taklif qilgan.

Bu “Barselona”ning Levandovski transferi bo‘yicha uchinchi taklifi hisoblanadi. Katalon klubi avvalroq 32+5 million evro, keyin esa 35+5 million evro taklif qilgan. Bu takliflarning ikkalasi ham “Bavariya” tomonidan e'tiborsiz qoldirilgan.

Qayd etilishicha, endi vaziyat o‘zgarishi va “Bavariya” muzokaraga kirishishi mumkin.

Avvalroq “Barselona” Levandovski uchun 50 million evrolik taklif tayyorlayotgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Levandovski va “Barselona” 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgani ma'lum qilingan.