Yangiliklar 23:28 | 29.06.2022

Milliy kurash va tosh ko‘tarish bo‘yicha “Mudofaa vaziri kubogi” bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda milliy kurash va tosh ko‘tarish bo‘yicha “Mudofaa vaziri kubogi” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot xizmati

xabarga ko‘ra, 25 maydan 29 iyungacha “Yoshlar kuni” munosabati bilan milliy kurash va tosh ko‘tarish sport turi bo‘yicha mudofaa vaziri kubogi musobasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 400 mingga yaqin havaskor polvon ishtirok etdi.

Yoshlar o‘rtasida to‘rt bosqichda va to‘rt vazn toifasida o‘tkazilgan bellashuvlarning dastlabkisi 25 maydan 12 iyungacha — mahallalarda, 13 iyundan 19 iyungacha tuman va shaharbosqichida, 20 iyundan 25 iyungacha esa viloyatlarda o‘tkazildi.

29 iyun kuni Mudofaa vazirligi sport markazida mudofaa vaziri kubogi musobaqalarining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shu kungacha kechgan shiddatli bellashuvlarda mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli polvonlar ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, dastavval ikki sport turi bo‘yicha har bir vazn toifasida kuchli uchliklar aniqlanib, ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Umumjamoa hisobida (yoshlar o‘rtasida):

1. Toshkent shahri;

2. Buxoro viloyati;

3.Sirdaryo viloyati.

Harbiy xizmatchilar o‘rtasida:

1. Mudofaa vazirligi;

2. Davlat xavfsizlik xizmati;

3. Ichki ishlar vazirligi.

Avvalroq O‘zbek belbog‘li kurashi bo‘yicha Pan Amerika Konfederatsiyasi tuzilgani haqida xabar berilgan.