Futbol 10:24 | 29.06.2022

“Chelsi” Kulibalining agenti bilan aloqaga chiqdi

“Chelsi” “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibalining agenti bilan aloqaga chiqdi. Bu haqda Janluki Di Martsio xabar berdi.

Foto: “News.sportbox.ru”

xabarga ko‘ra, londonliklar 2023 yilda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibali bilan yana aloqaga chiqdi.

Qayd etilishicha, 31 yoshli senegallik futbolchi “Chelsi”ning boshqa transfer maqsadlari “Yuventus” himoyachisi Matteys de Ligt va “Inter” himoyachisi Milan Shkrinyardan arzonroq.

Avvalroq “Chelsi” va “Bavariya” Dembelega “Barselona”dan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyor ekani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Chelsi” de Ligt uchun 40–45 millionn evro to‘lamoqchiligi ma'lum qilingan.