Futbol 23:45 | 29.06.2022

Rasman: Romelu Lukaku ijara asosida “Inter”ga qaytdi

“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukaku ijara asosida “Inter”ga o‘tdi. Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Newsportbox.com”

xabarga ko‘ra, “Chelsi” futbolchini ijaraga bergani uchun “Inter”dan 8 million evro oladi. Milan klubida Lukakuni sotib olish huquqi bo‘lmaydi.

Qayd etilishicha, Lukaku “Inter”ga o‘tish uchun maoshining 30 foizga qisqarishiga rozi bo‘lgan.

Avvalroq Romelu Lukaku Milan shahriga etib borgani haqida xabar berilgan.