Futbol 13:54 | 29.06.2022

Romelu Lukaku Milan shahriga etib bordi

“Chelsi” futbolchisi Romelu Lukaku “Inter” bilan shartnoma imzolash uchun Milan shahriga etib bordi. Bu haqda “Nikolo Skira” xabar berdi.

Foto: “Sky Sports”

xabarga ko‘ra, 29 iyun kuni Lukaku Italiya klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, keyin esa klub bilan shartnoma imzolaydi. “Chelsi” futbolchisi 2023 yilning iyunigacha ijaraga olingan.

“‘Inter’ga qaytganimdan juda xursandman”, — dedi belgiyalik futbolchi.

“Inter” Romeluning maoshi uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. “Chelsi” ijara va bonuslar uchun 8 million evro oladi. Tez orada rasmiy xabar e'lon qilinadi.

Avvalroq Lukaku ijara asosida “Inter”ga qaytishi haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Chelsi” Lukakuni “Inter”ga qo‘yib yuborishga tayyor ekani ma'lum qilingan.