Futbol 21:06 | 29.06.2022

Superliga. “Surxon” o‘z maydonida “Neftchi” bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston Superligasi 13-turidan o‘rin olgan “Surxon” va “Neftchi” o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Foto: Professional futbol ligasi axborot xizmati

Uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Gollarni “Neftchi”dan Sirojiddin Qo‘ziev kiritgan bo‘lsa, “Surxon” futbolchisi Abdul Aziz Yusupov hisobni tenglashtirdi.

Mazkur turdan so‘ng, “Surxon”ning ochkolari 13 taga etdi. “Neftchi”ning ochkolari esa 11 tani tashkil qilmoqda.

Avvalroq jamoalar o‘yinni qanday tarkiblarda boshlashi haqida xabar berilgan.