Futbol 16:56 | 30.06.2022

“Chelsi” Natan Ake uchun 30 mln evro bermoqchi

“Chelsi” “Manchester Siti” himoyachisi Natan Ake uchun 30 million evro bermoqchi. Bu haqda “Football London” xabar berdi.

Foto: “News.sportbox.ru”

xabarga ko‘ra, London klubi 27 yoshli futbolchi uchun 30 million evrolik rasmiy taklif tayyorlamoqda.

Biroq “Manchester Siti” taklifni ko‘rib chiqishi uchun “Chelsi” 50 million evrolik taklif berishi kerak. Qolaversa, “shaharliklar” Natanga o‘rinbosar topmasa, uni qo‘yib yuborishmaydi.

Ma'lumot uchun, futbolchi 2020 yilda “Manchester Siti”ga o‘tgandi. Uning uchun “Bornmut”ga 41 million funt to‘langan.

Avvalroq “Chelsi” Kulibalining agenti bilan aloqaga chiqqani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Chelsi” de Ligt uchun 40–45 millin evro to‘lamoqchi ekani ma'lum qilingan.