Futbol 11:34 | 30.06.2022

“MYu” Tilemansni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

“Manchester Yunayted” “Lester” futbolchisi Yuri Tilemansni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Foto: “Playmaker24”

xabarga ko‘ra, “Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Erik ten xag klubning yarim himoyasini kuchaytirish kerak deb hisoblaydi va yangi futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi. 25 yoshli belgiyalik futbolchi ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

Yarim himoyachining “Lester” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq futbolchiga “Arsenal” qiziqayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, “Manchester Yunayted” de Yong uchun 80 million evro to‘lashga tayyor ekani ma'lum qilingan.