Futbol 21:09 | 30.06.2022

OFK kubogi. “So‘g‘diyona” 3-turda “Oltin Asr”ni mag‘lub etdi

OFK kubogi “E” guruhi 3-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona”-“Oltin asr” o‘yini yakunlandi.

Foto: Professional futbol ligasi matbuot xizmati

Uchrashuvda jizzaxliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. “So‘g‘diyona”dan Jasur Hasanov dublga erishgan bo‘lsa, yana bir golga Javohir Qahramonov mualliflik qildi.

Bu g‘alabadan so‘ng, “So‘g‘diyona”ning ochkolari 9 taga etdi va guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Avvalroq jamoalar o‘yinni qanday tarkiblarda boshlashi haqida xabar berilgan.