Futbol 17:36 | 30.06.2022

Oston O‘runov “ximki” jamoasi bilan muzokara o‘tkazmoqda

“Spartak”ni tark etishi kutilayotgan Oston O‘runov “ximki” jamoasi bilan muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda “Chempionat” xabar berdi.

Foto: “Sport24”

xabarga ko‘ra, “Spartak” Oston O‘runov bilan shartnomani bekor qilsa, o‘zbekistonlik futbolchi “ximki”ga o‘tishi mumkin. Shuningdek, “ximki” futbolchini “Spartak”dan ijaraga olishi ham mumkin.

Oldinroq “Spartak” Oston O‘runov bilan 2025 yilgacha tuzilgan shartnomani bekor qilishi haqida xabar berilgan.

Ma'lumot uchun, “ximki” 2021/22 yilgi mavsumda Rossiya Prmeer-ligasida 13 o‘rinni egallab, yuqori o‘tish o‘yinlarida yuqori divizionda qolish vazifasini bajargandi.

Avvalroq “Ufa” Oston O‘runovni sotib olmasligi ma'lum qilingan. Shuningdek, Oston O‘runov “Spartak”daligida nimalar bilan shug‘ullangangani haqida xabar berilgan.