Yangiliklar 10:45 | 30.06.2022

O‘zbekiston U-23 jamoasining 3 futbolchisi Yoshlar kuni munosabati bilan mukofotlandi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining 3 futbolchisi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Prezident farmoni e'lon qilindi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati

 

Shavkat Mirziyoev Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekistonning faol va tashabbuskor
yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotladi.

Ular qatorida Olimpiya jamoasi a'zolari Hojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov va Husain Norchaev Prezident tomonidan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 jamoasi Osiyo kubogida finalgacha etib borib, Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘lgandi.