Futbol 13:45 | 30.06.2022

“Bavariya” “Barsa”ning Levandovski bo‘yicha 3-taklifini ham rad etdi

“Bavariya” “Barselona”ning Robert Levandovski bo‘yicha 3-taklifini ham rad etdi. Bu haqda “Bayern & Germany” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, myunxenliklar 33 yoshli hujumchini 40+5 million evroga sotishdan bosh tortgan. “Bavariya” 50 million evrolik taklif olgan taqdirdagina futbolchini sotishni ko‘rib chiqadi.

Bu “Barselona”ning Levandovski transferi bo‘yicha uchinchi taklifi hisoblanadi. Katalon klubi avvalroq 32+5 million evro, keyin esa 35+5 million evro taklif qilgan. Bu takliflarning ikkalasi ham “Bavariya” tomonidan e'tiborsiz qoldirilgan.

Avvalroq “Barselona” Levandovski uchun “Bavariya”ga 3-taklifni yuborgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Barselona” Levandovski uchun 50 million evrolik taklif tayyorlayotgani ma'lum qilingan.