Futbol 22:01 | 30.06.2022

Superliga. “Nasaf” o‘z maydonida “Olimpik” bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston Superligasi 13-turidan o‘rin olgan “Metallurg”-“Lokomotiv” va “Nasaf”-“Olimpik” o‘yinlari yakunlandi.

Foto: Professional futbol ligasi matbuot xizmati

“Metallurg”-“Lokomotiv” uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. “Lokomotiv” futbolchisi Ali Abdurahmonov 90+5-daqiqada gol urib, “temiryo‘lchilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 90+9 daqiqada Damir Temirov penaltidan hisobni tenglashtirdi.

“Nasaf”-“Olimpik” o‘yini 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Gollarni “Nasaf”dan Sharof Muhitdinov va Marko Stanoevich, “Olimpik”dan Po‘latxo‘ja xoldorxonov va Muhammadqodir Hamraliev kiritdi.

Avvalroq jamoalar o‘yinni qanday tarkiblarda boshlashi haqida xabar berilgan.