Futbol 10:55 | 01.07.2022

Rasman: “PSJ” “Portu” futbolchisi Vitinyaning transferini e'lon qildi

“PSJ” “Portu” yarim himoyachisi Vitinyaning transferini e'lon qildi. Bu haqda Parij klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “PSJ” jamoasi rasmiy sayti

xabarga ko‘ra, parijliklar yarim himoyachi bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. “PSJ” transfer uchun 40 million evro to‘laydi.

22 yoshli portugaliyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsumda “Portu” safida barcha turnirlar doirasida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq “Inter” Shkrinyarni “PSJ”ga 50 mln evroga sotmagani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Kimpembe “PSJ”ni tark etishi ma'lum qilingan.