Yangiliklar 9:49 | 02.07.2022

O‘zbekistonda qishki sport turlari infratuzilmasi yaratiladi

Italiyada 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga o‘zbekistonlik sportchilarni tayyorlash to‘g‘risida Prezident qarori imzolandi.

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda qishki sport turlari uchun kerakli infratuzilmalar yaratiladi.

Shuningdek, quyidagilar o‘zbekistonlik sportchilarni kompleks tayyorlashning ustuvor vazifalari etib belgilanadi:

  • qishki sport turlari bo‘yicha nodavlat sport-ta'lim muassasalari, klublar va to‘garaklar tarmog‘ini kengaytirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish;
  • mavjud salohiyat va imkoniyatlardan kelib chiqib, hududlarni Qishki Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga ixtisoslashtirish, ushbu hududlarda qishki sport turlarini rivojlantirish;
  • qishki sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a'zolarini shakllantirish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda ularning ishtirokini ta'minlash.

Avvalroq Shavkat Mirziyoev Qishki Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etishi haqida xabar berilgan.