Futbol 10:59 | 02.07.2022

Rasman: Lyuk de Yong va Adama Traore “Barselona”ni tark etdi

“Barselona” futbolchilari Lyuk de Yong va Adama Traore jamoani tark etdi. Bu haqda katalon klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Varcamania.com”

xabarga ko‘ra, futbolchilarning “Barselona”dagi ijara muddati yakunlandi. Lyuk de Yong “Sevilya”ga, Adama Traore “Vulverxempton”ga qaytdi.

De Yong Niderlandiyaga qaytishga yaqin turibdi. U “PSV”da tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, klublar muzokaralarni yakunlamoqda.

Avvalroq Traore “Barselona” va xavi haqida fikr bildirgani ma'lum qilingan. Shuningdek, “Barselona” hujumchi Lyuk de Yong bo‘yicha rejalarini o‘zgartirgani haqida xabar berilgan.