Futbol 11:26 | 02.07.2022

Neymar va “PSJ” o‘rtasidagi shartnoma avtomatik tarzda 2027 yilgacha uzaytirildi

Neymar va “PSJ” o‘rtasidagi shartnoma 1 iyul kuni avtomatik tarzda 2027 yilgacha uzaytirildi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Foto: “Getty Images”

xabarga ko‘ra, Neymarning atrofidagilar 2022/23 yilgi mavsum braziliyalik futbolchi uchun eng yaxshilaridan biri bo‘lishiga ishonmoqda.

Qayd etilishicha, “PSJ” va Neymar o‘rtasidagi shartnomada kelishuvni avtomatik uzaytirish borasida band bor. Neymar bundan foydalandi.

Neymar 2021/22 yilgi mavsumda Liga 1’da 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan, 6 ta golga assistentlik qilgan va 10 ta sariq kartochka olgandi.

Avvalroq Neymarning “PSJ” bilan shartnomasi avtomatik tarzda 2027 yilgacha uzaytirilishi mumkinligi haqida xabar berilgan. Shuningdek, Neymar va Mbappe o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgani ma'lum qilingan.