Futbol 11:52 | 03.07.2022

“MYu” Ronalduga yozda uni qo‘yib yubormasligini ma'lum qildi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga yozda uni qo‘yib yubormasligini ma'lum qildi. Bu haqda “ESPN” xabar berdi.

Foto: “News.sportbox.ru”

xabarga ko‘ra, klub Ronaldu shartnomasida qolgan 1 yilni “Manchester Yunayted”da o‘tkazishidan manfaatdor hioblanadi.

Oldinroq Ronaldu “Manchester Yunayted”dan qoniqarli taklif tushsa uni sotishni so‘ragandi.

Avvalroq Ronaldu “Manchester Yunayted”da yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Ronaldu Angliya Premer-ligasida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani ma'lum qilingan.