Uncategorized 20:59 | 03.07.2022

O‘zbekiston ayollar terma jamoasining CAFA turnirida ishtirok etadigan to‘liq tarkibi e'lon qilindi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasining Tojikistonda bo‘ladigan CAFA turnirida ishtirok etadigan to‘liq tarkibi e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 3 iyul kuni navbatdagi yig‘inga kirishdi. Midori Honda murabbiyligi ostidagi jamoa 3–5 iyul kuni Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlarini olib boradi.

Quyida yaponiyalik mutaxassis tomonidan Toshkentdagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan tarkibi keltirilgan:

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi axborot xizmati

Shundan keyin O‘zbekiston vakilalari CAFA turnirida ishtirok etish uchun Tojikistonga jo‘nab ketadi.

Avvalroq O‘zbekiston ayollar terma jamoasi AQShning 2 yillik seriyasiga chek qo‘ygani haqida xabar berilgan.