UFC/Boks/MMA 9:32 | 03.07.2022

UFC 276. Volkanovski o‘z kamarini himoya qildi

AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tayotgan UFC 276 turnirida Aleksandr Volkanovski va Maks xollouey o‘rtasidagi jang yakunlandi.

Foto: “Getty Images”

Yarim engil vazndagi chempionlik jangi to‘liq 5 raund davom etdi. Unda amaldagi chempion Aleksandr Volkanovski hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘ldi va o‘z kamarini himoya qildi.

Ma'lumot uchun, bu jang Volkanovski va xollouey o‘rtasidagi 3-jang hisoblanadi. Avvalgi 2 jangda ham Volkanovskining qo‘li baland kelgan.

Avvalroq Maks xollouey Volkanovski yoki “Koreyalik Zombi” bilan jang qilmoqchi ekani haqida xabar berilgan.