Yangiliklar 9:45 | 04.07.2022

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshlaydi

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 4 iyul kuni Toshkent shahrida yig‘in boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Toshkent shahrida yig‘in boshlaydi.

Bahodir Ahmedov quyidagi futbolchilarni mazkur yig‘inga jalb etdi:

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Mashg‘ulotlar 18 iyulga qadar davom etadi. Yig‘in davomida O‘zbekiston vakillari bir nechta o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Avvalroq O‘zbekiston U-20 futzal terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshlagani haqida xabar berilgan. Shuningdek, futzal bo‘yicha Osiyo kubogi guruh bosqichiga qur'a tashlangani ma'lum qilingan.