Yangiliklar 17:28 | 04.07.2022

O‘zbekiston futzal TJ Tojikistonga qarshi 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Tojikistonga qarshi 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Kuvaytda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Toshkent shahrida yig‘in boshladi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari yig‘in doirasida 14, 15 va 17 iyul kunlari Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Bahslar Jizzax shahridagi sport majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Avvalroq yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilingandi. Shuningdek, O‘zbekiston U-20 futzal terma jamoasi Toshkentda yig‘in boshlagani haqida xabar berilgan.