Boshqa sport turlari 15:16 | 04.07.2022

O‘zbekistonlik taekvondochi Charos Qayumova jahon reytingida 1-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekistonlik taekvondochi qiz Kumush Qayumova -53 kilogramm vaznda jahon reytingida 1-o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Koreya mezbonlik qilgan Osiyo chempionatidan so‘ng taekvondochilarning yangilangan reytingi e'lon qilindi. Unda Charos Qayumova ayollar tasnif jadvalida ilk bor peshqadamga aylangan o‘zbekistonlik taekvondochi qizga aylandi.

Ma'lumot uchun, Charos Qayumova Koreyadagi Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Avvalroq Charos Qayumova xalqaro turnirda kumush medal qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgan.