Futbol 19:50 | 04.07.2022

Rasman: Andres Kristensen “Barselona” futbolchisi

“Chelsi”dan ketgan himoyachi Andres Kristensen “Barselona” safiga borib qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Shelseablues.ru”

xabarga ko‘ra, Kristensen “Barselona”ga erkin agent sifatida borib qo‘shildi. U katalon klubi bilan 2026 yilgacha bo‘lgan shartnoma imzoladi.

Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 500 million evro etib belgilandi. Klub futbolchini 7 iyul kuni tanishtiradi.

Avvalroq “Barselona” Kessie “Barselona” bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan.