Futbol 16:35 | 04.07.2022

Rasman: Frank Kessie “Barselona” futbolchisi

“Milan”ni tark etgan yarim himoyachi Frank Kessie “Barselona” futbolchisiga aylandi. Bu haqda katalon klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Sports.ru”

xabarga ko‘ra, Kessie “Barselona” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U “Barselona” bilan 2026 yilning yozigacha shartnoma imzoladi.

Qayd etilishicha, futbolchining tovon puli 500 million evro qilib belgilandi. “Barselona” Kessieni 6 iyul kuni o‘z futbolchisi sifatida tanishtiradi.

Avvalroq Lyuk de Yong va Adama Traore “Barselona”ni tark etgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, Levandovski va “Barselona” 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani ma'lum qilingan.