Futbol 22:09 | 04.07.2022

Superliga. “Nasaf” qoldirilgan o‘yinda “Surxon”ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan qoldirilgan “Nasaf”–“Surxon” o‘yini yakunlandi.

Foto: “Paxtakor” jamoasi matbuot xizmati

Uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda gollarni Husayn Norchaev va Ivan Solovov kiritdi.

Mazkur o‘yindan so‘ng, “Nasaf”ning ochkolari 24 taga etdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Surxon” esa 13 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

Avvalroq “Paxtakor” 5-turning qoldirilgan o‘yinida “Metallurg”ni mag‘lub etgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, “Nasaf” o‘z maydonida “Olimpik” bilan durang o‘ynagani ma'lum qilingan.