Futbol 21:00 | 04.07.2022

Superliga. “Paxtakor” 5-turning qoldirilgan o‘yinida “Metallurg”ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan qoldirilgan “Metallurg”–“Paxtakor” o‘yini yakunlandi.

Foto: “Paxtakor” jamoasi matbuot xizmati

Uchrashuvda mehmonlar 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni Aziz Turg‘unboyev va Abbos Fayzullaev kiritdi.

Ma'lumot uchun, Aziz Turg‘unboyevning goli “Paxtakor” uchun O‘zbekiston chempionatlaridagi 2000-gol bo‘ldi. “Paxtakor” yuqori divizionda 2000 ta gol kiritgan ilk klubga aylandi.

Avvalroq jamoalar o‘yinni qanday tarkiblarda boshlashi haqida xabar berilgan.