Boshqa sport turlari 12:37 | 05.07.2022

O‘zbekistonlik dzyudochilarning “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik dzyudochilarning Budapesht shahridagi “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

xabarga ko‘ra, 8–10 iyul kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida 66 mamlakat sportchilari kurash olib boradi.

Qayd etilishicha, Islom birdamligi o‘yinlariga tayyorlanayotgan asosiy tarkib 4 iyul kuni Gruziyada navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. Murabbiylar shtabi Budapesht turniriga ikkinchi tarkib vakillarini jalb etgan. To‘liq tarkib:

  • -60 kilogramm: Mirzohid Mahamadjonov
  • -66 kilogramm: Rahim Subxonov
  • -73 kilogramm: Shahram Ahadov
  • -73 kilogramm: Hikmatilloh To‘raev
  • -81 kilogramm: Muso Sobirov
  • +100 kilogramm: Shohruh Baxtiyorov
  • -70 kilogramm: Nodira Yo‘ldosheva

Ma'lumot uchun, mazkur musobaqada jahon reytingi qatori Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun ham reyting ochkolari o‘ynaladi. Jamoa 6 iyul kuni Budapesht shahriga yo‘l oladi.

Avvalroq o‘zbekistonlik 2 dzyudochi “Katta dubulg‘a” turnirida bronza medalini olgani haqida xabar berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston maktablarida dzyudo zallari soni ko‘paytirilishi ma'lum qilingan.